SHAXSIY SALOMATLIKNI TA’MINLOVCHI ZARUR PSIXOLOGIK OMILLAR VA PSIXOLOGIK SALOMATLIK MEZONLARI
Abstract
Ushbu maqolada shaxsning psixologik salomatligini ta’minlovchi asosiy omillar va ularning ruhiy barqarorlikka ta’sir etish mexanizmlari keng qamrovda tahlil qilinadi. Psixologik salomatlik zamonaviy psixologiya fanining markaziy tushunchalaridan biri bo‘lib, u shaxsning emotsional, ijtimoiy va kognitiv faoliyatining uyg‘unligini anglatadi. Maqolada stressni boshqarish ko‘nikmalari, emotsional intellekt darajasi, ijtimoiy moslashuvchanlik, ijobiy o‘z-o‘zini baholash, shaxsiy garmoniya hamda motivatsiyaning ruhiy holatga ta’siri ilmiy manbalar asosida batafsil yoritilgan. Shuningdek, A. Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasi, K. Rojersning gumanistik yondashuvi, Z. Freydning psixoanalitik qarashlari va M. Seligmanning pozitiv psixologiya tamoyillari psixologik salomatlik mezonlarini belgilashda qanday ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi tahlil qilingan. Ushbu nazariyalar shaxsning ichki resurslarini rivojlantirish, o‘zini anglash darajasini oshirish, adaptiv xulq-atvor shakllanishi hamda umumiy ruhiy farovonlikni mustahkamlash jarayonlarini tushunishda muhim o‘rin tutadi. Maqola psixologik salomatlikni saqlash va rivojlantirish uchun amaliy tavsiyalar, shuningdek, individual va ijtimoiy omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatib, shaxsning ruhiy farovonligini baholashning ilmiy mezonlarini aniqlaydi.
Keywords
Psixologik salomatlik; psixik barqarorlik; emotsional intellekt; stressni boshqarish; o‘z-o‘zini baholash; shaxsiy garmoniya; ijtimoiy moslashuv; ruhiy farovonlik; shaxs rivoji; motivatsiya; psixologik himoya mexanizmlari; psixologik mezonlar; gumanistik psixologiya; pozitiv psixologiya; psixoanaliz; A. Maslou; K. Rojers; Z. Freyd; M. Seligman.
References
- Maslow, A. (1954). Motivation and Personality. New York: Harper & Row. Psixologik ehtiyojlar piramidasi va o‘zini aktualizatsiya qilish tushunchasi (pp. 70–92).
- Rogers, C. (1961). On Becoming a Person. Boston: Houghton Mifflin. “Real Men” va “Ideal Men” mosligi, shartsiz qabul qilish nazariyasi (pp. 150–175).
- Freud, S. (1923). The Ego and the Id. London: Hogarth Press Ego, Id va Super-Ego o‘rtasidagi psixik muvozanat (pp. 12–36). Himoya mexanizmlarining dastlabki tushuntirilishi (pp. 40–58).
- Salovey, P., & Mayer, J. (1990). “Emotional Intelligence”. Imagination, Cognition and Personality, 9(3). Emotsional intellekt modeli va komponentlari (pp. 185–211).
- Goleman, D. (1995). Emotional Intelligence. New York: Bantam Books. EI tushunchasining kengaytirilgan talqini va amaliy misollar (pp. 25–62).
- Seligman, M. (2011). Flourish: A Visionary New Understanding of Happiness and Well-Being. New York: Free Press. PERMA modeli va farovonlik mezonlari (pp. 11–58).