Skip to main navigation menu Skip to main content Skip to site footer

“KO‘RAKLAR” KOLLEKTORINI REKONSTRUKSIYA QILISHNING SUG‘ORILADIGAN YERLAR MELIORATIV HOLATIGA TA’SIRI (Shovot tumani Guliston hududi misolida)

Abstract

Maqolada Xorazm viloyati Shovot tumani Guliston hududida joylashgan “Ko‘raklar” kollektorini rekonstruksiya qilish va tizimli ta’mirlash-tiklash tadbirlarining sug‘oriladigan yerlar meliorativ holatiga ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqot dissertatsiya ishida olingan dala kuzatuvlari, kuzatuv quduqlari ma’lumotlari, kollektor suvlari mineralizatsiyasi, tuproqning 0-100 sm qatlamidagi tuz rejimi hamda “Qodir Pirmat” fermer xo‘jaligi hosildorlik ko‘rsatkichlariga tayangan holda bajarildi. Natijalar 2025-yilda yer osti sizot suvlari o‘rtacha yillik joylashish sathi 2024-yilga nisbatan 11 sm, sug‘orish davrida esa 18 sm chuqurlashganini ko‘rsatdi. Sizot suvlar hajmi 15,35 mln m³ dan 14,52 mln m³ gacha kamaygan, sizot suvdagi quruq qoldiq 2,79 g/l dan 2,69 g/l gacha, xlor ioni esa 0,56 g/l dan 0,54 g/l gacha pasaygan. Tuproq profili bo‘yicha xlor ioni 10,3 %, quruq qoldiq 15,6 % kamaygan. Hosildorlikda paxta bo‘yicha 2,8 s/ga, g‘alla bo‘yicha 3,8 s/ga o‘sish qayd etilgan. Olingan natijalar kollektor tarmoqlarini rekonstruksiya qilish meliorativ barqarorlikni ta’minlashda, suv-tuz rejimini boshqarishda va sug‘oriladigan maydonlar mahsuldorligini oshirishda muhim omil ekanligini tasdiqlaydi.

Keywords

kollektor tarmoqi, rekonstruksiya, meliorativ holat, sizot suvlari, tuproq sho‘rlanishi, mineralizatsiya, suv-tuz rejimi, Shovot tumani, “Ko‘raklar” kollektori.

PDF

References

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni. “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. Lex.uz, 2019.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-son Farmoni. “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi”. Lex.uz, 2020.
  3. Matyakubov B., Mamatkulov Z. Sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holatini baholash va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar. 2020.
  4. Dusanova Sh.B. Xorazm viloyatida yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning geoekologik asoslari. 2024.
  5. Khamidov M., Ishchanov J., Hamidov A. Assessment of Soil Salinity Changes under the Climate Change in the Khorezm Region, Uzbekistan. International Journal of Environmental Research and Public Health, 2022.
  6. Mirzaqobulov J., Mehta K., Ilyas S., Salokhiddinov A. The Role of Collector-Drainage Water in Sustainable Irrigation for Agriculture in the Developing World: An Experimental Study. 2025.
  7. Van der Molen W.H., Martínez Beltrán J., Ochs W.J. Guidelines and computer programs for the planning and design of land drainage systems. FAO Irrigation and Drainage Paper 62. FAO, 2007.
  8. Hasanov X.X., Radjabova M.M., Eshpo‘latov J., Rajabov O. Meliorativ kadastrni yuritish va monitoring natijalari. PEDAGOGS international research journal, 2024.

Downloads

Download data is not yet available.